Tibbiyot fanları doktori, Professor Mehmet Ayhan Kuzu

Yo’g’on ichak, to’g’ri ichak va anus kasalliklari bo’yicha mutaxassis

Hozirda  Anqara universiteti Tibbiyot fakulteti jarrohlik bo’limi Professori sifatida faoliyat olib bormoqdaman. Hazm qilish tizimi jarrohligi bo’yicha, xususan,  ichak yo’li ve rektal tizim  kasalliklarini davolash yo’nalishi bo’yicha ixtisoslashganman.

1969-1980- yillarda Turkiya Ta’lim Jamiyat qoshidagi Anqara kolejida boshlang’ich, o’rta va litsey darajasida ta’lim oldim.

1980-1986 –yillarda Anqara universiteti Tibbiyot fakultetida ta’lim olib eng yuqori bal bilan bituruv imtihonlarini topshirdim.

İsh faoliyatim

1986- yilda bitiruv imtihonlarini muvaffaqiyat bilan tugallab Anqara universiteti Tibbiyot fakulteti Jarroxlik bo’limida  ilmiy hodim sifatida ishga tayinlandim.

1991-1992- yillarda Angliyaning Leeds universitetining  Tibbiyot fakulteti Umuniy jarrohlik bo’limida  mutaxassis-umumiy xirurg va tadqiqotchi asistent sifatida  faoliyat olib bordim.

Leeds universitetida ishlagan davr mobaynida  oshqozon va ichak  saratoni kasalligini davolash yo’nalishi bo’yicha ish olib bordim. Yo’g’on  va to’g’ri ichak saraton  kasalligini davolashda  bemorning shifo topishini va sog’ayishini, hamda hayotda qolish davrini uzaytirishni ta’minlovchi jarrohlik  usullarini o’rgandim.  Hususan, to’g’ri ichak saratoni kasalliğini davolashda,  bemorning operatsiyadan keyingi davrida kasalning ichagini qopchaga ulamay turib  tabiiy yo’l orqali  xojatga chiqishini ta’minlash uchun rektal zonani jarroxlik yo’li bilan himoyalash usullari ustida ishladim. Ayni paytda,  hozirda o’ta keng tarqalgan ve dolzarb hisoblanadigan, qorin bo’shlig’ini kesmasdan turib   laparoskopik usulda operatsiya qilish  ustida ham ish olib bordim. Bu taxsilimni tugatgach Leeds universitetidan  laparoskopik davolash bo’yicha tailim olganligim to’g’risida Sertifikat oldim.

1993- yilda  ‘’Umuniy jarrohlik bo’yicha mutaxassis’’ unvonini oldim.

1994-1998- yillar mobaynida  Anqara universiteining  Tibbiyot fakulteti ‘’Numune’’ ilmiy-tadqiqot klinikasi  Umumiy jarrohlik bo’limida   mutaxassis sifatida ishladim.

1998-yilda Anqara universiteti Umumiy jarrohlik bo’limi mutaxassisi etib tayinlandim.

1999- yilda Anqara universiteti Umumiy jarrohlik bo’limi Dotsenti unvoniga ega bo’ldim.

2001- yilda Amerika  rektal jarrohlik jamiyati (ASCRS)  va Amerika jarrohlik koleji e’lon qilgan  grantlarni  yutib  oldim va  yetti oy davomida Amerikaning oltita farqli  kolorektal jarrohlik klinikalarida    (Cleveland Clinic Foundation, Mayo Klinik, Minneapolis universiteti, Lahey Klinik, Toronto universiteti ve Memoroial Sloan Kettering Cancer Center) ish faoliyati ish faoliyati olib  bordim.

2005- yilda Anqara universiteti Umumiy jarrohlik bo’limi  Professori unvonini oldim.

Nashr etilgan maqolalarim

Bugunga qadar 152 ta maqola chop etdim. Ulardan 77 tasi xalqaro jurnallarda  chop etilgan. Mamlakatim Turkiyani bir necha marotaba  xalqaro kongresslarda tamsil etib, taklif etilgan ma’ruzachi va  diskussiya ishtirokchisi sifatida  Turkiya nomidan ishtirok etdim.

Ta’lim soHasidagi loyihalarim

Jarrohlik sohasida ish olib borayotgan mutaxassislar foydalanishi uchun  10 ta to’plamdan iborat  ta’lim berish va o’rgatish xususiyatiga ega videomaterial  tayyorladim va bu videomateriallarni  nafaqat Turkiyadagi  balki xorijdagi mutaxassislarga tarqatilishini ta’minladim. Ushbu ta’lim loyihasi  doirasida,   ‘’Yo’g’on ichak va to’g’ri ichak saraton  kasalligini davolashda qo’llanilayotgan  zamonaviy uslub va yondoshuvlar, robotik va laparoskopik amaliyot uslublari, kolonskopik usulda tashhis qo’yish va davolash’’ mavzularida dunyoning turli mamlakatlaridagi taniqli va  ilg’or mutaxassis-olimlar  bilan  hamkorlikda olib borgan  keng qamrovli va batafsil ishlarimizni videosyomkaga oldim. Bundan tashqari,  bemorlar va ularning yaqinlari uchun  qo’llanma sifatida  foydali boladigan va o’rgatish husuiyatiga ega  ‘’Stoma bilan yashash’’ nomli  o’quv videomateriali tayyorladim.

Erishilgan mukofotlar

1992- yilda olib borgan ikkita ilmiy- tadqiqot ishim  Anqara universiteti Tibbiyot fakulteti ilmiy-tadqiqot loyihalari  tanlovida birinchi darajali deb topildi.

1993- yilda  yo’g’on va to’g’ri ichak kasalliklari mavzusiga bag’ishlangan  5-chi milliy kongressda  ‘’Yazvali kolit tufayli  qilingan  Pouch-anal anastamozda mukozektominning  xayot sifatiga bo’lgan ta’siri’’  mavzusida qilgan ma’ruzam  Kongressdagi en yahshi ma’ruza deb topildi.

1996- yilda Milliy jarrohlik kongressida   ‘’İchak  ishemiya –reperfuziyasining  o’pka vaskulyar tizimiga ta’siri’’ mavzusida  qilgan ma’ruzam,  eng yaxshi ma’ruza deb  topilib birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi.

2000- yilda    ‘’ Ichak-ishemiya reperfuziyasining  o’pka tomir tizimi  funksiyalariga ta’siri’’  mavzusida olib borgan ilmiy-tadqiqot ishim  ‘’Ejzajıbashi’’ning  Tibbiyot sohasidagi ilmiy-tadqiqot Loyihalarni  tashviq etish  tanlovida  rag’batlantirish mukofotiga loyiq deb topildi.

2001- yilda  Amerika rektal jarrohlik  jamiyati (ASCRS)  va Amerika jarrohlik koleji tomonidan  e’lon qilingan  xalqaro grantlarni qo’lga kiritdim.

2003- yilda  Anqara universitetining ‘’Tibbiyot fanları ilmiy mukofotiga’’   sazovor bo’ldim.

2010- va 2016- yillarda  men tayyorlagan videomateriallar Amerika  rektal jarrohlik jamiyati (ASCRS) tomonidan eng yaxshi ilmiy- o’quv video material  deb topilib mukofot bilan taqdirlandi.

A’zoliklarim

Turkiya jarrohlik  jamiyati,

Turkiya yo’g’on va to’g’ri ichak kasalliklari jarrohligi  jamiyati,

Turkiya Gastroenterologiya jamiyati,

İchak yallig’lanishi kasalliklari jamiyati,

Amerika jarrohlik kolejlari jamiyati (American College of Surgeons),

Amerika rektal jarrohlik jamiyati (American Society of Colon and Rectal Surgeons),

Yevropa koloproktologiya jamiyati (European Society of Coloproctology,

Yevropa robotexnika kolorektal jarrohlik jamiyati (EARCRS).

Malakaga egalik  sertifikatlarim

Turkiya  jarrohlik  jamiyatining  malakaga egalik  sertifikatı,

Laparoskopiya bo’yicha malakaga egalik sertifikati,

Kolonoskopiya bo’yicha malaka egalik sertifikatı,

Amerika Qo’shma Shtatlarida   shifokor sifatida ishlash huquqini beruvchi ECFM Sertifikati,

Yevropa kolorektal jarrohlik jamiyatining malakaga egalik sertifikati

LOYİHALARİM

Jarrohlik sohasida ish olib borayotgan mutaxassislar foydalanishi uchun  10 ta to’plamdan iborat ta’lim xususiyatiga ega videomaterial  tayyorladim va bu videomateriallarni  nafaqat Turkiyadagi  balki xorijdagi mutaxassislarga tarqatilishini ta’minladim. Ushbu ta’lim loyihasi  doirasida,   ‘’Yo’g’on ichak va to’g’ri ichak saraton kasalligini davolashda qo’llanilayotgan  zamonaviy uslub va yondoshuvlar, robotik va laparoskopik amaliyot uslublari, kolonskopik usulda tashhis qo’yish va davolash’’ mavzularida dunyoning turli mamlakatlaridagi taniqli va  ilg’or mutaxassis-olimlar  bilan  hamkorlikda olib borgan  keng qamrovli va batafsil ishlarimizni videosyomkaga oldim. Bundan tashqari,  bemorlar va ularning yaqinlari uchun  qo’llanma sifatida  foydali boladigan va o’rgatish xusuiyatiga ega  ‘’Stoma bilan yashash’’ nomli  o’quv videomateriali tayyorladim.

‘’To’g’ri ichakda  asab himoyalovchi zona saratoni  kasalligida maxalliy  jarroxlik-total mezorektal kesish’’ mavzusiga bag’ishlangan birinchi  o’quv loyihamni,  mamlakatimizda  to’g’ri ichak saratonini davolash sohasida faoliyat olib borayotgan jarrohlarga bu kasallikni davolashdagi yangi uslub va yondoshuvlar borasida  ta’lim berish va o’rgatish maqsadida  videomaterial tariqasida tayyorladim.

İkkinchi loyiham,  uchta DVD diskidan iborat bo’lib,   «Comprehensive Step by Step Rectal Cancer Surgery»  mavzusiga bag’ishlangan va xalqaro miqyosda faoliyat ko’rsatayotgan jarrohlar bilan hamkorlikda olib borilgan  tog’ri ichak saratonini davolash  jarayoni   haqidagi videomateriallardan  tashkil topgan.

Uchinchi  ta’lim loyiham ‘’Kolonoskopiya Atlasi’’ deb nomlangan bo’lib, ichaklarning ichki sathini  tekshirishda qo’llaniladigan  va ichak saratonining  oldini  olinishini ta’minlaydigan  kolonoskopik tekshirishga bag’ishlangan.

‘’Stoma bilan yashash’’ deb nomlangan to’rtinchi loyiha,  turli jarrohlik amaliyotlari kechirgan kasallar  va ularning  yaqinlari uchun  o’rgatuv materiali sifatida tayyorlangan bo’lib, amaliyotdan keyingi davrda ichakning qorin devoriga bog’lanishida qo’llanilayotgan stoma bilan yashahni o’rgatadi.

«Robotic Single Docking Total Mesorectal Excision»  mavzusiga bag’ishalngan beshinchi loyiha  Doktor Amjad Parvaiz  bilan hamkorlikda olib borilgan robotik  jarrohlik   uslubi va ichak jarrohligidagi  dolzarb  yondoshuvlarni o’z  ichiga olgan.

Yo’g’on ichak saratonini komleks va optimallashtirilgan usulda bosqichma bosqich davolash (Comprehensive Step by Step Optimised Colon Cancer Treatment) mavzusidagi beshinchi loyihamni,  videomaterial tariqasida,  ko’plab malakatlarning jarroh- olimlari  bilan hamkorlikda tayyorladim.